Nizomiddin Xalilov

Loyihalar / Live Truck Map

2026 · International logistics company Foydalanishda

Live Truck Map

575 ta yuk mashinasi yagona xaritada, jonli rejimda: har biri qayerda, qanday tezlikda harakatlanmoqda, qaysi birida nosozlik bor yoki yoqilg'isi kam.

Manba kodi yopiq

Dispetcherlarga oddiy savollarga tez javob kerak edi: 1112-mashina hozir qayerda, Texasda qaysi mashinalar yo'lda, kimning yoqilg'isi tugay deb qoldi. Xarita har bir mashinaning joylashuvini olib, bir necha soniyada yangilab turadi va yaqin turgan mashinalarni guruhlab ko'rsatadi — shuning uchun 575 ta mashina ham chalkashmasdan ko'rinadi.

Xaritadagi mashinalar
575
Yangilanish
~10 s

Joylashuvlar avtomatik yangilanadi

Qabul qilingan qarorlar

Dispetcher nimalar qila oladi

  • Har bir mashinani unit raqami, tezligi, eng yaqin shahar va oxirgi signal vaqti bilan ko'rish.
  • Kompaniya va holat bo'yicha filtrlash, faqat nosozlik kodi bor yoki yoqilg'isi kam mashinalarni chiqarish.
  • Unit, haydovchi yoki VIN bo'yicha qidirib, darhol mashinaga o'tish.
  • Tepadagi hisoblagichlar: xaritada nechta mashina bor, nechtasi yo'lda va nechtasi jonli ma'lumot yubormoqda.